Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar va ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
14:12 / 2021-09-18

"Sog‘lom avlod uchun" xayriya fondi Andijon viloyati hududiy bo‘limi tashabussi bilan Xonobod shaxridagi harbiy qism xizmatchilari va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda olis hududlarda yashovchi axoli, xususan, harbiylar va ularning oila a’zolari salomatligini muhofaza qilish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan, – deydi "Sog‘lom avlod uchun" xayriya fondi Andijon viloyati hududiy bo‘limi rahbari Tursinboy Berdirahmatov. – Ana shu reja asosida Xonobod shahrida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda harbiylar va ularning 400 nafardan ziyod oila a’zolari, jumladan,  121 nafar ayol, 310 nafar bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.  

[gallery-3947]

Tibbiy ko‘rikni yuqori saviyada o‘tkazish uchun viloyat sog‘liqni  saqlash boshqarmasi ma’sullari,  Xonobod shahar tibbiyot  birlashmasi, viloyatdagi tibbiyot muassasalarining 11 xil yo‘nalishdagi malakali shifokor  mutaxassislari jalb etildi.  

Harbiylar va ularning oila a’zolari UZI, laboratoriya, EKG, shuningdek, qator kasalliklar bo‘yicha  tekshiruvlardan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida turli xastaliklari aniqlangan ayollar va bolalarga davolanish uchun zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Ularga zarur dori-darmonlar,  shuningdek, ko‘zoynak, san-gigiyenik vositalar taqdim etildi.

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA