Marhamat tumanidagi Yoshlar kutubxonasida harbiy xizmatchilar hamda o‘quvchi yoshlar jamoalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga bag‘ishlanib, “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida o‘tkazilgan bellashuvda Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismning “Sarhad”, Marhamat tumanidagi “Yosh chegarachilar” klubi a’zolaridan tuzilgan “Sohibqiron” hamda tumandagi 5- umumta’lim maktabi o‘quvchilarining “Qalqonlar” jamoalari ishtirok etdi.
Bellashuvda jamoalar davlatimiz siyosati, Qurolli kuchlarimiz tarixi, adabiyot, tarixga oid, shuningdek, qiziqarli va mantiqiy savollar doirasidagi javoblari bilan o‘zlarining qay darajada bilimdon, topqir va hozirjavob ekanliklarini namoyish etdi.
Qiziqarli bahslar asosida o‘tgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli birinchi o‘rinni “Yosh chegarachilar” klubining “Sohibqiron” jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin “Sarhad”, uchinchi o‘rin esa “Qalqonlar” jamoalariga nasib etdi.
[gallery-24736]
Yakunda g‘olib hamda ishtirokchi jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari