Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar va olimlar uchrashuvi
14:38 / 2019-08-23

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida harbiylar va kutubxona xodimlarining tarixchi olimlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida harbiylar va kutubxona xodimlarining tarixchi olimlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Turkiston jadidchilarining ma’rifatchilik islohotlarida faol qatnashgan, Germaniyada tahsil olib qaytgan yosh turkistonliklarning ayanchli taqdiri, hayot yo‘li aks etgan “O‘zbek yoshlari va xorijiy ta’lim” deb nomlangan kitob taqdimoti va “Mustaqillik – eng oliy ne’mat” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

– Vatanimizni qancha sevsak kam. Tariximizni astoydil o‘rgansak, bilmagan yangi ma’lumotlarimiz chiqib kelaveradi. Biz harbiylar Vatanimiz o‘tmishi va bugunini yaxshi bilishimiz, yurtimizni yanada ko‘proq sevishimiz, asrashimiz va ana shu muhabbatimiz bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Bu kabi uchrashuvlar bizning ilmga bo‘lgan ishtiyoqimizni, Vatanga mehrimizni yanada oshiradi, – dedi oddiy askar Bahrom Hakimov.

Tadbirda tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyaeva, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi xodimi Bahrom Irzaev va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda keyingi yillarda ta’lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yoshlarning ilm olishi va hunar egallashida munosib sharoitlar yaratilgani haqida gapirdi. Mustaqillik sharofati bilan millatimizga qaytarilgan milliy g‘urur, til, din va madaniyatimizning erkin taraqqiyoti haqida iliq fikrlar bildirdi.

Davra suhbatida harbiylar olimlardan o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldi. Tadbirdan so‘ng mehmonlarning kutubxonaga sayohati tashkil etildi.