Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar qo‘l jangida bellashdi
15:23 / 2023-07-21

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va harbiy okrug sport vzvodlarining harbiy xizmatchilari o‘rtasida qo‘l jangi chempionati bo‘lib o‘tdi.  

Musobaqaning ochilish marosimida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov so‘zga chiqib, harbiy sportchilarga ushbu musobaqada omad va zafarlar tiladi. Shuningdek, faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishlari, bolajonlar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi ko‘rinishlari namoyish etildi. Harbiy orkestr jamoasi hamda xushovoz xonandalarning kuy-qo‘shiqlari tadbirga yanada ko‘tarinkilik ulashdi.

[gallery-12850]

Bellashuv jarayonlari qizg‘in  o‘tdi. Har bir ishtirokchi tatamida bor kuch va g‘ayratini safarbar qildi.  

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida 3-o‘rin Shimoli-g‘arbiy va Markaziy harbiy okrug sportchilariga nasib etdi, 2-o‘ringa Sharqiy harbiy okrug qo‘l jangi ustalari egalik qilgan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug vakillari qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar Mudofaa vazirligining va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA