English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashdi
10:51 / 2024-06-03

Janubiy Koreyaning Mungyon shahrida taekvondo WT bo‘yicha harbiylar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining ikki kunlik bellashuvlari sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 7 ta medalga sazovor bo‘ldi. Shundan 3 tasi oltin, 1 tasi kumush, 3 tasi bronza medallari.

Chempionatda dunyoning 20 ta davlatidan 250 nafar taekvondochi qatnashmoqda. Murosasiz bahslar natijasiga ko‘ra, “Tokio-2020” yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov, mahoratli taekvondochilarimiz Jasurbek Jaysunov va Feruza Sodiqova chempionlikka erishdi. Madina Mirabzalova kumush, Samira Adashaliyeva, Zuhra Tojimatova va Marjona Primova bronza medaliga egalik qildi.  

Mazkur jahon chempionati 5 iyunga qadar davom etadi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA