Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar o‘rtasida «Quvnoqlar va zukkolar» musobaqasi g‘olibi aniqlandi
19:40 / 2017-01-30

Toshkentda oliy harbiy ta’lim muassasalari va harbiy okruglar o‘rtasida «Quvnoqlar va zukkolar» musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.

Toshkentda oliy harbiy ta’lim muassasalari va harbiy okruglar o‘rtasida «Quvnoqlar va zukkolar» musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.

Kursant va harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada beshta jamoa tanishtiruv, dublyaj san’ati hamda uyga vazifa shartlari bo‘yicha bellashdi.

Musobaqada Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining «Noyob bebaho kursantlar» jamoasi g‘olib, deb topildi. Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining «O‘zbegim» jamoasi ikkinchi, Sharqiy harbiy okrugining «Quvnoq desantchilar» jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek tadbir davomida saf qo‘shiqlari, lirika va estrada qo‘shiqlari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!» nomli qo‘shiqlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar o‘z qo‘shiqlarida xalqimizga, yurtimizga bo‘lgan muhabbatini va sodiqligini ifodalab, barchani ushbu muqaddas tuyg‘uga da’vat etdi.

Tanlov va musobaqa g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi.