Harbiylar nutqida slenglarning lingvostilistik tahlili (ingliz va o‘zbek tillari misolida)
Malika Sayfiddinovna SOATOVA mustaqil izlanuvchi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O'zbekiston e-mail: malikasoatova111@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek harbiy sleng birliklarini lingvostilistik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning metaforik, metonimik, frazeologik va stilistik xususiyatlari ochib berilgan. Ko‘plab o‘zbekcha va inglizcha misollar orqali harbiy slengning milliy va universal modellariga tayanilgan holda ularning semantik, pragmatik hamda kognitiv asoslari izohlangan. Shuningdek, allyuziv va zoomorf metaforalar, resemantizatsiyaga uchragan qisqartmalar va paronimik sleng birliklari o‘rganilgan.
Tayanch so‘zlar: harbiy sleng, metafora, metonimiya, frazeologizm, resemantizatsiya, alluziya, zoomorf model, harbiy tarjima, lingvokreativlik, diskurs, kognitiv tilshunoslik, kommunikativ strategiya.