French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar marhum jangchini xotirladi
15:51 / 2025-08-27

FOTOREPORTAJ

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida xizmat qilayotgan bir guruh harbiylar mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami arafasida marhum serjant Muhiddin Eshtemirov xotirasini yodga olib, u ulg‘aygan xonadonga tashrif buyurdi.

Termiz tumanida kamolga yetgan, Vatanga sodiq, jasur harbiy xizmatchi 2001 yil Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida bir guruh jangarilar bilan to‘qnashuv chog‘ida qahramonlik ko‘rsatib, mardlarcha halok bo‘lgan.  

Harbiy xizmatchilar Muhiddin Eshtemirovning onasi Manzura Dillayevani bayram bilan qutlab, onaxon bilan dildan suhbat qurishdi. Mard, jasur va qasamyodiga sodiq farzandni kamolga yetkazgan onaga chuqur minnatdorlik bildirildi. Muhiddinning ajoyib fazilatlari yodga olindi. Qisqa, ammo sermazmun hayoti davrida olgan mukofotlari, Vatan himoyasida bo‘lgan davrlarda yozgan maktublarini ko‘zdan kechirishdi. Onaxonga bayram sovg‘asi va Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mukofoti topshirildi.  

Ayni paytda qahramonimiz ulg‘ayib, voyaga yetgan mahallaga Muhiddin Eshtemirov nomi berilgan, ta’lim olgan maktabiga byusti o‘rnatilgan. Xalqimiz tinchligi uchun ko‘rsatgan mardligi o‘z aksini topgan burchak tashkil etilgan. Mevali bog‘ barpo etilgan.

[gallery-24981]

Harbiy xizmatchilarning keyingi manzili xizmat vazifasini bajarish vaqtida tan-jarohati olgan kichik serjant Shuhrat Qayumov xonadoni bo‘ldi.

Ushbu mehr-saxovat tadbiri davomida qahramonlarning oila a’zolariga hamda nafaqadagi faxriylarga mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga asosan moddiy yordam puli topshirildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA