Samarqandda “Yangi O‘zbekiston va milliy kinematografiya oyligi” doirasida harbiy xizmatchilar va kinoijodkorlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Jahongir Qosimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyev va Respublika kinoarboblari uyushmasi raisi o‘rinbosari, dramaturg Jo‘rabek Ro‘zmetov bugungi kino san’ati va sanoatidagi yangiliklar haqida ma’lumot berdi. Yangi kinofilmlar va ularni suratga olish jarayonlari haqida so‘z yuritildi.

Kinoijodkorlar askarlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi. Uchrashuv so‘nggida harbiylarga “Ibrat” badiiy filmi namoyish etildi. Shu kabi ijodiy uchrashuv va yangi filmlar namoyishi Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida oliy o‘quv yurtlari talabalari va professor-o‘qutuvchilari ishtirokida, tuman va shaharlardagi ta’lim muassasalarida ham o‘tkazildi.
G‘olib HASANOV, O‘zA