Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
14:33 / 2022-08-05

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyati Kogon shahridagi “Temiryo‘lchilar” madaniyat va istirohat bog‘i yig‘ilish zalida O‘zbekiston Respublikasi IIB Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7536-harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda bugungi kunda internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarning  yomon oqibatlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Yosh avlodni ezgu qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash har bir fuqaroning asosiy burchiga aylanishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun badiiy kitoblar ko‘rgazma savdosi tashkil etildi.

[gallery-8170]

Tohir ISTATOV (surat),O‘zA