Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar imkoniyati cheklangan bolalarga mehr-saxovat ulashdi
17:40 / 2020-10-20

Mazkur hamkorlik natijasida Kattaqoʻrgʻon shahridagi 5-sonli aqli zaif bolalar maxsus maktab-internati oʻquvchi-yoshlari Kattaqoʻrgʻon garnizonidani artilleriyachilar harbiy qismiga sayohatga olib kelindi.


Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi artilleriyachilar harbiy qismi shaxsiy tarkibi tomonidan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kundalik yumushlarida amaliy yordam berish anʼanaga aylanib ulgurgan.

Bunday muassasalarning harbiy qism tomonidan otaliqqa olinishidan koʻzlangan maqsad, nafaqat amaliy yordam koʻrsatish, balki barcha toifadagi harbiy xizmatchilar oʻrtasida shukronalik hissini uygʻotish, har qanday sharoitda ham oʻzgalarga koʻmak berish, savob ishni har kim va har kuni qilishi lozimligini anglashdir.

Mazkur hamkorlik natijasida Kattaqoʻrgʻon shahridagi 5-sonli aqli zaif bolalar maxsus maktab-internati oʻquvchi-yoshlari Kattaqoʻrgʻon garnizonidani artilleriyachilar harbiy qismiga sayohatga olib kelindi.

Oʻquvchi-yoshlar harbiy qism boʻylab sayohat qilishdi. Qurollarni ushlab koʻrish, harbiy orkestrning musiqa asboblarni chalishni mashq qilish ularga oʻzgacha zavq bagʻishladi. Harbiy xizmatchilar ular bilan birgalikda turli oʻyinlar oʻynab, yoshlarning qiziqishlari oshishi va tafakkuri rivojlanishiga hissa qoʻshdilar. Shuningdek, ularga turfa xil qiziqarli kitoblar sovgʻa qilindi. Bundan murgʻak qalblar yana-da quvonchga toʻldi.

Tadbir davomida konsert dasturi namoyish etildi.
photo_2020-10-20_17-47-42.jpg
photo_2020-10-20_17-47-44.jpg
photo_2020-10-20_17-47-45.jpg
Doniyor JAMOLOV,
podpolkovnik.