French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar bayramni yangi uylarda nishonlaydi
19:06 / 2023-08-28

Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyatida yangidan barpo etilgan ijtimoiy-iqtisodiy soha ob’ektlari va zamonaviy uy-joylar foydalanishga topshirilmoqda.

Bugun Termiz shahridagi Farovon massivida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlardan birida Mudofaa vazirligining janubdagi sarhadlarimizda xizmat burchini sharaf bilan bajarayotgan harbiy xizmatchilariga yangi uylarning kaliti tantanali topshirildi.  

Ofitser va serjantlar, Mudofaa vazirligi harbiy pensionerlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan marosimda Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar tinch, to‘kin hayotimizni ta’minlashda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Harbiy xizmatchilarni har taraflama ijtimoiy himoya qilishga qaratilayotgan e’tibor ularning Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishida muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.  

[gallery-13296]

Termiz shahrida 100 oilaga mo‘ljallangan ko‘p qavatli turar–joy binosini “Surxon Sanoat Qurilish” va “MONOLITH DOM SERVICE” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tez, sifatli barpo etdi. Hududning qish faslidagi sovuq va yozdagi issiq haroratiga moslashtirilgan zamonaviy uyni qurib, foydalanishga topshirish uchun 9 milliard 262 million so‘m mablag‘ sarflandi. Barcha qulayliklarga ega keng, yorug‘ va shinam xonadonlar yangi uylarning sohibu-sohibalarining faxr-iftixor tuyg‘usini yanada yuksaltirdi.  

–Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotganimga 14 yil bo‘ldi, – deydi III darajali serjant Najmiddin Rahmonov.– Keyingi yillarda biz harbiylar ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan behad mamnunmiz. Oila a’zolarimiz ham har taraflama ijtimoiy himoya qilinmoqda. Mana, bugun bizga ham yangi uyning kaliti topshirildi. Bu uyda yaratilgan sharoitlar bizning oilamizdan xotirjam xizmat burchimizni a’lo darajada bajarishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda yangi uylarning kaliti o‘z egalariga tantanali topshirildi.  

Marosimda viloyat hokimi, harbiy–ma’muriy sektor rahbari U.Qosimov ishtirok etdi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri