FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro viloyatining Kogon shahar “Temiryo‘lchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida harbiy xizmatchilar uchun qurib bitkazilgan yangi ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.
“Kogon qurilish montaj ta’mir” MCHJ tomonidan bunyod etilgan 40 ta xonadon, 25 ta 2 xonali, 15 ta 3 xonali uy kalitlari Buxoro garnizonida shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga tantanali ravishda taqdim etildi. Zamonaviy va shinam imkoniyatlarga ega bo‘lgan uy 2 va 3 xonadan iborat bo‘lib, endilikda bu yerda harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari istiqomat qiladi.
[gallery-27082]
Ochilish marosimida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Sherxon Mo‘minov, pudratchi va quruvchilar hamda viloyat Faxriylar kengashi vakillari, xonadon egalari va yaqinlari ishtirok etdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/9tVqoVIIljw?si=DHTQaGT0gKtx3wHa" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tohir ISTATOV (surat), O‘zA