Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiylar bayramni yangi uyda nishonlaydi
10:10 / 2023-12-30

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Chust tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari uchun turarjoy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimga harbiy qism shaxsiy tarkibi, ularning oila a’zolari, faxriylar, tuman jamoatchiligi vakillari taklif etildi.  

[gallery-15282]

Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shavkat Abdurazzoqov qatnashib, harbiylar va ularning oila a’zolarini qo‘shaloq shodiyona bilan samimiy qutladi.  

Marosimda so‘z olganlar keyingi yillarda sohaga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng yangi uy kalitlari o‘z sohiblariga tantanali tarzda topshirildi.  

Nuroniylar tomonidan ramziy lenta qirqilgach, “uy to‘y”lari oila davrasida davom etdi.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA