Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy yurish va texnikalar namoyishi
15:48 / 2022-01-14

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Buxoroda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Armiya va xalq – bir tanu bir jon!» shiori ostida harbiy yurish va texnikalar paradi o‘tkazildi.

Bayramona saf bilan yurish shaharning A.Somiy va Piridastgir ko‘chalari kesishmasidan boshlandi. Yo‘nalish davomida Mustaqillik, I.Mo‘minov, Hamza, B.Naqshband, I.Karimov, Ibn Sino, Abu Havzi Kabir ko‘chalari bo‘ylab qariyb 10 kilometr masofa bosib o‘tildi. Shuningdek, «Sitora» bog‘i oldidan «Ark» qo‘rg‘oni oldigacha harbiylarning saf namoyishi o‘tkazildi.

[gallery-5445]

Namoyishda viloyatdagi harbiy qism askarlari, piyoda va otliqlar, zirhli transportlar, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti sport-texnika klublarining avto hamda motohavaskorlari qatnashdi.

Tadbir doirasida «Armiya va xalq – bir tanu bir jon!» shiori ostida yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokidagi harbiy vatanparvarlik festivali ham o‘tkazildi. Bayram tadbirida yoshlarning faol ishtirok etgani ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan dalolatdir.

 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA