Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy yordamlar davom etadi...
11:14 / 2023-02-15

Rossiya – Ukraina

NATO o‘zini Rossiya bilan ziddiyatga kirishgan, deb hisoblamaydi, ammo, shu bilan birga, Kiyevga murakkab texnika va qurol-yarog‘lar yetkazib berishni davom ettiradi. Bu haqda Shimoliy Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg bayonot berdi.  

Alyansning matbuot xizmati Bosh kotib iqtibos keltiradi: “Ukraina o‘zini himoya qilayotgani uchun unga yordam berishga majburmiz. Shunga ko‘ra, NATO va uning ittifoqchilari ziddiyatning tarafdorlari emas”.

AQSH Mudofaa vazirligining xabar berishicha,  so‘nggi oylarda 11 ta davlat Ukrainaga tank, 16 tasi artilleriya jihozlari va qurol-yarog‘lar yetkazib berish majburiyatini olgan, 22 mamlakat esa jangovar mashina jo‘natadi. Bu haqda Bryusselda AQSH Qurolli kuchlar Shtablar boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Mark Milli ma’lum qilgan.

Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Ukrainaga mamlakat armiyasi zaxirasi hisobidan qurol-aslaha yetkazib berish bo‘yicha o‘zining qat’iy qarshiligini bildirdi.  

Davlat yetakchi matbuot xizmatining xabarida prezidentdan iqtibos keltiriladi: “ayrim siyosatchilar borki, o‘zlari vaziyatni nazoratdan chiqarib, Bolgariyani Ukraina ziddiyatiga tortishmoqchi bo‘lishmoqda. Mojaro boshlangandan beri aytib kelaman, mazkur ziddiyat harbiy yo‘l bilan hal etilmaydi”.

Fransiya Qurolli kuchlari Kiyevga yordam fonida o‘zida o‘q-dori taqchilligiga duchor bo‘lmoqda, bu esa Ukrainani qo‘llayotgan siyosatchilar orasida kelishmovchilik keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda “Le Figaro” gazetasi yozdi.

Italiyaning sobiq Bosh vaziri, “Olg‘a, Italiya” partiya yetakchisi Silvio Berluskoni ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi va mojaroning diplomatik yo‘llar bilan hal etilishi zarurligi to‘g‘risida yozib chiqdi.  

Ispaniya Mudofaa vaziri Margarita Robles Ukrainaga Qirollikda qiruvchi samolyotlar yo‘q, shuning uchun Ukrainaning so‘rovini bajarolmaydi, deb bayonot berdi.  “24 horas” telekanali vazirdan iqtibos keltirgan.

Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Germaniyada amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan ko‘rishgan. Bu haqda “UNIAN” agentligi xabar bergan.

“Una Kiyevga harbiy yordam berish masalalari muhokama qilingan” deyiladi xabarda.  

Finlyandiya Ukrainaga 600 million yevrolik harbiy yordam yetkazib berdi, deb bayonot berdi mamlakat Mudofaa vaziri Mikko Tapio.

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistoriusning  fikricha, Ukraina atrofidagi ziddiyatning yaqin orada to‘xtatishiga ishonmaydi. “Barcha harbiy to‘qnashuv doim keskinlik tahdidini keltirib chiqaradi”, degan vazir.

 

Abror XON, O‘zA