Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatga saralash jarayonlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda
14:58 / 2026-03-10

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlarni saralash jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Unda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda respublikadagi kuch tuzilmalari rahbar xodimlari ishtirok etib, jarayonlarning shaffof va adolatli tarzda, belgilangan tartib asosida o‘tkazilishini ta’minlamoqda.

Saralashning dastlabki bosqichida chaqiriluvchilar malakali tibbiyot xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Unda yoshlarning umumiy sog‘lig‘i, jismoniy rivojlanish darajasi, turli kasalliklarga moyilligi hamda harbiy xizmatni o‘tashga yaroqlilik holati har tomonlama o‘rganilmoqda.

[gallery-28070]

Zamonaviy raqamli tibbiy asbob-uskunalar va ilg‘or diagnostika usullaridan foydalanilayotgani ko‘rik natijalarining aniq va xolis bo‘lishini ta’minlamoqda. Har bir chaqiriluvchi individual yondashuv asosida tekshiruvdan o‘tkazilib, uning salomatligi bo‘yicha tegishli xulosa chiqarilmoqda.

Tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar bilan chaqiruv komissiyasi a’zolari tomonidan suhbatlar ham tashkil etilmoqda. Unda ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, dunyoqarashi, Vatanga sadoqati, kasbiy qiziqishlari hamda kelgusidagi rejalari o‘rganilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA