English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasi qanday ta’minlanmoqda?
17:07 / 2026-01-22

Harbiy prokuratura organlari tomonidan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi Botir Sobirov ma’lumot berdi:

– Harbiy prokuratura organlari tomonidan 2025 yilda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarning olis va chekka hududlarida sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda ko‘tarilgan 600 dan ziyod murojaat, jumladan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hayotida uchrayotgan 300 dan ortiq masala joyida ijobiy hal etildi. 

Joylarda 160 dan ziyod mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, natijada harbiy xizmatchilarning qariyb 2 ming nafar oila a’zolari ish bilan ta’minlandi. 

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar uchun tashkil etilgan 80 ga yaqin mehnat yarmarkalari va boshqa huquqiy-amaliy tadbirlar orqali 9 mingdan ortiq fuqaro ish bilan band bo‘ldi.

Harbiy prokuratura organlari tomonidan tibbiyot birlashmalari va harbiy gospital bilan hamkorlikda olis va chekka hududlarda 30 dan ortiq chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Ularda 5 mingga yaqin xotin-qizlar va bolalar tor ixtisosliklar bo‘yicha malakali tibbiy mutaxassislar tekshiruvidan o‘tkazildi. 

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda olis hududlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning rafiqalari va mahallalar ayollari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar ayollari” ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. 

Yoshlarni yurtga sadoqat ruhida kamolga yetkazish, ularning mamlakat taraqqiyoti uchun daxldorlik mas’uliyatini oshirish maqsadida turli tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlarda yoshlarning qiziqish va maqsadlari o‘rganilib, ularga ham ma’naviy, ham hayotiy yo‘l-yo‘riqlar, amaliy ko‘maklar berildi.

Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida jamiyat va davlat hayotidagi muhim sanalar munosabati bilan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirildi. 

Kitob qalbni uyg‘otish, aqlni charxlash va hayot mazmunini anglash uchun suv va havodek zarur. Shu nuqtai nazardan barcha hududiy harbiy prokuraturalar tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda 100 ga yaqin kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yoshlarda mustaqil fikrlash, bilimga qiziqish, intellektual raqobat muhitini shakllantirish maqsadida 85 marotaba “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 

Chegaraoldi hududlarda joylashgan 570 mahallada yashovchi 50 mingdan ziyod yoshlar qamrab olingan holda jami 500 dan ortiq vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi. Jarayonlarda turli sport musobaqalari uyushtirilgani yoshlarimizni sog‘lom, mas’uliyatli, sportga oshno etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

1,2 mingdan ortiq “Prokurorlik soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi. “Harbiy prokuror va yoshlar” uchrashuvlari 30 mingdan ziyod yigit-qiz bilan ochiq muloqot maydoniga aylandi. Yosh harbiy xizmatchilar, maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari o‘rtasida “Harbiy prokuror kubogi” uchun 100 dan ortiq sport musobaqalari tashkil qilindi. 

Harbiy prokuratura tomonidan joriy etilgan “Qurolli Kuchlarda ijtimoiy himoya” yagona elektron platformasi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun ishonchli manbaga aylandi. Platformadagi birgina “Uy-joy ta’minoti” moduli orqali turar joyga ehtiyojmandlar navbati va imtiyozli ipoteka ajratish jarayoni ilk bor inson omilidan xoli va shaffof tizimga o‘tdi. 

Joriy yilda ham harbiy prokuratura organlari tomonidan bu boradagi chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 

N.Abduraimova, O‘zA