Bugungi kunda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasiga har qachongidan ham ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Yurt himoyachilarining xizmat sharoiti yanada yaxshilanib, oilalariga turli imkoniyatlar yaratib berilyapti.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparati madaniyat saroyida Qarshi garnizonida joylashgan harbiy qismlarda xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlarini oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

– Yoshlarning kelajak sari dadil qadam bosishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bunda ulardan faqat ilm egallash talab qilinadi. Tavsiyanomaga ega bo‘lgan yoshlarimizdan umidimiz katta.

Harbiy xizmatchilarning 22 nafar farzandiga topshirilgan tavsiyanomalar kelajakda Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan 22 yigit-qizning orzulariga qo‘shqanot bo‘lishi shubhasiz, – deydi okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov.
Berilayotgan bu kabi imkoniyatlar harbiy xizmatchilarning o‘z vazifasiga yanada shijoat bilan yondashishiga sabab bo‘ladi va ertamiz egalarining Vatan himoyachisining farzandi ekanidan g‘ururlantiradi.
N.Rahmonova,
O‘zA