Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun sharoit yaratiladi
12:00 / 2026-02-27

Buxoro viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev rahbarligidagi ishchi guruh Olot, Qorako‘l hamda Romitan tumanlarining qo‘shni Turkmaniston bilan tutash chegara maskanlarida bo‘ldi. Harbiy xizmatchilarning farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, ular uchun sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratish imkoniyatlari o‘rganildi.

Ishchi guruh tomonidan Olot va Qorako‘l chegara maskanlari hududida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy talablarga mos tashkil etish bo‘yicha amaliy-metodik yordam ko‘rsatildi. Pedagog kadrlarga ta’limni tashkil etish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni rejalashtirish va bolalar rivojlanishini baholash yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati mas’ullarga tushuntirildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri