Harbiy xizmatchilarga yangi uylar
Yangi yil bayrami va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni oldidan Sirdaryo tumani Ahillik mahallasida DXX Chegara qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan 24 xonadondan iborat ko‘p qavatli uy-joylarni o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, faxriylar, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev so‘zga chiqib, yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni hamda ularning oila a’zolarini qutladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan harbiylar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani, ushbu ko‘p qavatli uylarda barcha zarur qulayliklar yaratilganini ta’kidladi.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri