Harbiy xizmatchilarga ijara puli ipoteka uylari topshirilgunga qadar beriladigan bo‘ldi
Joriy yil 20 fevralda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga ipoteka krediti taqdim etish orqali uy-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun harbiy xizmatchilarga beriladigan pul kompensatsiyasi endilikda ipoteka uylari topshirilgunga qadar to‘lanadi.
Kompensatsiya olish uchun harbiy xizmatchilar o‘zining va turmush o‘rtog‘ining nomida shaxsiy turar joy mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari Milliy bazasida e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori joriy yilning 21 fevralidan kuchga kirdi.
O‘zA