Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatchilar yangi uyga ko‘chib o‘tdi
11:36 / 2023-06-09

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga Jizzax viloyati Jizzax shahridagi “Olmazor” massivida yangidan qurilgan 50 xonadonning kalitlari topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat va shahar hokimligi, mehnat va Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘z olganlar milliy armiyamizning salohiyatini har tomonlama oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotgani, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar bilan ta’minlanayotgani ta’kidlandi.  

[gallery-12266]

So‘ngra harbiy xizmatchilarga yangi uy kalitlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.  

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng, taklif qilinganlar yangi va shinam uylarni qabul qilib olgan harbiy xizmatchilar uylariga kirib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda ularga oilaviy baxt va omad tiladi.    

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA