Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Favqulodda vaziyatlar vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilari uchun ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik X.Aliboyev ishtirok etib, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida 15 nafar xodimning muammolari joyida hal etilib, 3 nafar murojaatchiga zarur tushunchalar berildi.

Shuningdek, 10 ta murojaatni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va mutasaddi raxbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA