Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatchilar uchun yangi uylar
12:30 / 2020-12-13

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun qurilgan xizmat uylari foydalanishga topshirildi.

Tadbirda DXX CHQ qo‘mondoni, harbiy xizmatchilar va ularning oila-azolari, Dang‘ara tumani hokimi va mahalla faollari ishtirok etdi.

Dang‘ara tumanidagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari yashash sharoitini yanada yaxshilash, turmush farovonligini ta’minlash maqsadida qurilgan binoda barcha qulayliklar yaratilgan. Ikki qavatli, 16 xonadondan iborat uy zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan. Uy hovlisida harbiy xizmatchilar farzandlari uchun maxsus bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Turli attraksion qurilmalari o‘rnatilgan maydonchada bolajonlar uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Yangi uyga ko‘chib kirgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari yuz-ko‘zida mamnunlik, xursandchilik, baxtiyorlik hukmron. Zero harbiy xizmatchining oilasi tinch bo‘lsa ko‘ngli xotirjam bo‘ladi. Harbiy xizmatni sitqidilgan bajaradi.

O‘zA