Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari sifatini oshirish hamda kasbiy mahoratini yuksaltirish borasida bo‘linmalar bilan o‘quv rejasiga muvofiq kompleks amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Nukus garnizonidagi kichik dala o‘quv maydonida harbiylar xavfsizlik qoidalariga amal qilingan holda ko‘rgazmali o‘quv nuqtalari, qo‘l jangi yo‘lagi, chavandozlar maydoni va jangovar boshqaruv bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashdi.

Qo‘l jangi bo‘yicha mashg‘ulotlar shaxsiy tarkibning jipsligini, jamoaning ruhiy-psixologik hamda jismoniy chidamliliklarini mustahkamladi. Shuningdek, ishtirokchilar turli o‘quv nuqtalarida ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, taktik vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va o‘zaro muvofiqlikda harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotlarini bajarishdi.

Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha malakasi, uchuvchisiz uchar apparatlar, taktik tibbiy tayyorgarlik, jangovar uchlik va jangovar to‘rtlik mashg‘ulotlari orqali kasbiy mahorati oshirildi. Ushbu kompleks mashg‘ulotlar bo‘linmalarning real jangovar sharoitlarda samarali harakat qilish, mudofaa vazifalarini aniq va ishonchli bajarish salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri