Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatchilar bayramni yangi uyda nishonlashadi
12:24 / 2024-08-22

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bayrami arafasida Buxoro harbiy gornizonidagi kuch tuzilmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar uchun yangi va zamonaviy uslubda barpo qilingan uy-joylar foydalanishga topshirildi.

Shaharning Amir Temur mavzesida qurilgan bu uylarni “Buxoro trans terminal” qurilish-pudrat korxonasi binokorlari barpo etishdi.  

Tantanali marosimda harbiy xizmatchilarga xonadonlar kalitlari topshirildi.

Inshootni barpo etgan quruvchilarga ham alohida ehtirom ko‘rsatildi.

[gallery-18833]

Shundan so‘ng lenta qirqilib, tadbirda yig‘ilganlar shinam va zamonaviy turar joyda yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdi.

Barpo etilgan mazkur inshoot umumiy qiymatining 25 foizi, ya’ni 5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ Mudofaa vazirligi tomonidan qoplab berilgani harbiylar va ular oilalari uchun katta imtiyoz bo‘ldi.

Muhimi, harbiylar uyida zarur jihozlar, oshxona mebeli va gaz plitasi, yuvinish tarmog‘i, yana eshik–derazalari o‘rnatib berilgan, emin-erkin yashash uchun barcha shart-sharoit muhayyo qilingan.

Bundan tashqari, alohida isitish tizimi, uylar oldida bolalar maydonchasi, suhbatlashish uchun joylar barpo etilganligi yashovchilarga katta qulaylik yaratadi.

Ipoteka krediti asosida rasmiylashtirib berilgan bu turar joylarning oylik to‘lovlari ham uncha qimmat emas.  

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),

O‘zA muxbirlari