Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy xizmatchilar Amir Temur tarixiga oid eksponatlar bilan tanishdi
14:47 / 2024-01-09

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Ma’lumki, Temuriylar tarixi davlat muzeyi Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda barpo etildi. Muzeyning birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan. Binoda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va Temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan. Dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni uch yarim mingdan oshadi.  

Tarixiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ajdodlar merosi bilan tanishish hamda madaniy dam olish maqsadida tashkil etilgan sayohat davomida ishtirokchilar Amir Temur tarixiga oid eksponatlar va o‘sha davr harbiy qurol-aslaha, buyumlari bilan yaqindan tanishdilar.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA