Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy teatr san’atkorlari “Muhabbat mavsumi” asarini namoyish etdi
15:47 / 2019-08-19

Mustaqilligimizning 28 yillik to‘yi munosabati bilan Surxondaryo viloyatidagi harbiy garnizonlarda Mudofaa vazirligi ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Turon” davlat harbiy teatri jamoasi teatrlashtirilgan bayram dasturini namoyish etmoqda.


Mustaqilligimizning 28 yillik to‘yi munosabati bilan Surxondaryo viloyatidagi harbiy garnizonlarda Mudofaa vazirligi ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Turon” davlat harbiy teatri jamoasi teatrlashtirilgan bayram dasturini namoyish etmoqda.

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarda Janubiy operativ yo‘nalish boshqaruv guruhi harbiy qism va muassasalari harbiy xizmatchilari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etmoqda.

photo5391245728686385988.jpg

Termiz poligonida doimiy jangovar shaylikdagi batalon taktik guruhi shaxsiy tarkibi uchun tashkil etilgan dasturda Vatanimiz himoyachilari teatr san’atkorlarining “Muhabbat mavsumi” nomli teatrlashgan sahna asarini miriqib tomosha qildi.

Teatr san’atkorlari viloyatdagi Hayrabod, Kakaydi, Termiz va Sherobod garnizonlarida ham bo‘lib, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolariga bayramona kayfiyat ulashdi.

photo5391245728686385989.jpg

Teatrlashgan sahna asarda oddiy askarning nafaqat Ona Vatan va qasamyodiga balki, sevgi-muhabbatga ham sadoqati o‘z aksini topgani harbiylar va ularning oila a’zolariga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Vatan himoyachisi bo‘lishning naqadar sharafli ekanidan faxr-iftixor tuyg‘usi yanada yuksaldi.

San’atkorlar harbiylar va ularning oila a’zolarini xushnud etish uchun Navoiy viloyatiga yo‘l oldi.