Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
21:57 / 2026-01-14

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan fakultetlarda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Turon botirlari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut sport klubi, shuningdek, Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada barcha fakultetlardan jamoalar ishtirok etdi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar turnikda tortilish, “AKM” avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish, merganlik (kamondan otish), arqon tortish shartlari asosida o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Musobaqa yakunida birinchi o‘rin Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti, ikkinchi o‘rin Tarix fakulteti, uchinchi o‘rin Aniq fanlar fakulteti jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda bayram sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir doirasida Milliy gvardiya xodimlari bilan harbiy qurol-aslaha va xizmat itlarining faoliyati aks etgan ko‘rgazma tashkil etildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri