Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qismda zamonaviy sport majmuasi
11:31 / 2025-01-04

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qismda zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Majmuaning ochilishida Mudofaa vazirligi qo‘shinlar qo‘mondoni Jur’at Yakubov, tuman hokimi O‘tkir Hamroyev, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori Akbar Fozilov, harbiy xizmatchilar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar barcha yig‘ilganlarni 2025 yil hamda yaqinlashib kelayotgan “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bilan samimiy muborakbod etdi. Shundan so‘ng, ushbu majmua harbiy xizmatchilarning kasbiy bilim va mahoratini oshirib, har tomonlama bilimli, mahoratli, jasur va dovyurak Vatan himoyachilarini tarbiyalashda o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega maskan bo‘lishiga ishonch bildirildi.  

Mazkur sport majmuasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi homiyligida barpo etilgan bo‘lib, loyiha qiymati 4 milliard 87 million so‘mni tashkil etadi. Majmuada futbol, voleybol, basketbol, badminton, tennis, uzunlikka sakrash, tosh ko‘tarish maydonlari hamda yugurish yo‘laklari mavjud.  

Majmuaning ramziy alvon lentasi qirqilgach, mehmonlar sport majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, harbiy qismda tashkil etilgan muzeyning ikkinchi qismi o‘z faoliyatini boshladi.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri