French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qismda «Zakovat» bellashuvi
15:59 / 2022-01-13

Andijon shahridagi harbiy qismda “Zakovat” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi yoshlar ittifoqi tashkiloti hamda viloyat Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi hamkorligida o‘tkazilgan intellektual bellashuvda harbiy qismlar yosh askarlari, ichki ishlar hamda bojxona xizmati yosh xodimlaridan tuzilgan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.

Bellashuv oldidan o‘tkazilgan tadbirda harbiy qismlarda yosh askarlarning bilim, mahoratlarini yuksaltirish, xizmatni yuksak darajada ado etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilganligi ta’kidlandi. Jamoalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, kitob mutolaasi hamda Konstitutsiyani bilishga oid savollar doirasida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. 

[gallery-5426]

Qiziqarli bahslar ostida o‘tgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, yosh harbiylardan tuzilgan «Temuriylar» jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin ichki ishlar xodimlarining «Jaloliddin», uchinchi o‘rin esa bojxona xizmati xodimlarining «Zukkolar» jamoasiga nasib etdi. Bellashuvda g‘olib va ishtirokchi jamoalar tashkilotchilarining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

F. UBAYDULLAEV,  
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA