Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qismda vatanparvarlik festivali
12:46 / 2024-01-10

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Zangiota tumanidagi aloqachilar harbiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, shoirlar, yozuvchilar, olimlar, san’atkorlar va harbiy xizmatchilar qatnashdi.  

Tadbirda Qurolli Kuchlarimiz mamlakat xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlar daxlsizligini ta’minlashga qodir puxta qurollangan qudratli kuchga aylangani, harbiy xizmatning obro‘-e’tibori, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega bo‘lib, yoshlarimiz qalbida armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usi, Vatan himoyachisidek olijanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilayotgani xususida so‘z bordi.  

[gallery-15396]

Harbiy sohadagi islohotlar jarayonida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jismoniy va ma’naviy yetuk, zamonaviy bilim, qurol-yarog‘ va texnikalarni puxta egallagan, davlat va xalq manfaatlari uchun har qanday sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishga tayyor bo‘lgan harbiylarimiz doimo faol ishtirok etmoqda.  

Tadbirda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan harbiylar, muhtaram faxriylarimizning Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini munosib qadrlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, muammolarni hal etishga ko‘maklashish, oilasi va farzandlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar yildan yilga yangi bosqichga ko‘tarilayotgani haqida so‘z yuritildi.  

Shoir va san’atkorlarning badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.  

A.Musayev, D.Ernazarov(surat), O‘zA muxbirlari