FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida joylashgan Sharqiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda uzoq yillar mudofaa tizimida samarali faoliyat yuritgan faxriylar, o‘rta yosh avlod vakillari, O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Qurolli mojarolar va antiterroristik kurash nogiron-faxriylarining “Vatan” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston yoshlar agentligining viloyat bo‘limi hamda harbiy qismning harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
[gallery-8140]
Yuzma-yuz muloqotda jangchi faxriylar yoshlar bilan hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdi, ertamiz egalarining kelajakda yurt taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.
Tadbirda ishtirok etayotgan bir guruh harbiylarga Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining navbatdagi harbiy unvonlari va tashakkurnomalari berildi.
Shuningdek, harbiy qismdagi Xotira va qadrlash maydonida mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar poyiga gullar qo‘yilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon QODIROV olgan suratlar