French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qismda «Ot ustida estafeta» bo‘lib o‘tdi
16:56 / 2022-11-29

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari o‘rtasida «Ot ustida estafeta» bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev, Denov tuman hokimi Abdumalik Allamurodov, Termiz harbiy prokuratrusi, davlat va jamoat tashkilotlari, faxriylar va yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tashkilotchilar musobaqa o‘tkaziladigan joyni Surxon etno madaniyatini aks ettiruvchi jihozlar bilan bezatib, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari tomonidan o‘tovlar tikildi. Ularning qo‘l mehnati namunalari bo‘lgan kashta, quroq va ip yigirish hamda folklor chiqishlari namoyish etildi. Tadbir davomida Surxondaryo viloyat madaniyat uyi aktyorlari tomonidan Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi harbiy hayotiga oid sahna ko‘rinishi, baxshilar tomonidan terma va dostonlar ijro etilib, faxriy qorovul shaxsiy tarkibining qo‘l jangi chiqishi namoyish etildi.

Musobaqa shartida ko‘ra, ishtirokchilar uchta yo‘nalishda bo‘yicha bellashdilar. «Ot ustida estafeta» bahslarining yakuniy natijasiga ko‘ra, 300 ball to‘plagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, DXX chegara qo‘shinlari jamoasi 360 ball bilan 2-o‘ringa loyiq topildi. Musobaqa g‘olibligi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat jamoaga nasib etdi. 435 ball to‘plagan g‘olib jamoa boshqa raqiblarni ancha ortda qoldirdi

Shuningdek, tadbir davomida kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida uloq ko‘pkari musobaqasi ham o‘tkazildi. Bahsdan tashqari o‘tkazilgan mazkur bellashuvda ham Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilar yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, musobaqaning bosh sovrini sohibiga aylanishdi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan musobaqa g‘olib va sovrindorlari Mudofaa vaziri o‘rinbosarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.