English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni”
11:41 / 2025-09-17

FOTOREPORTAJ

So‘nggi yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, munosib ish o‘rni bilan ta’minlash borasida Mudofaa vazirligi tizimida ham rejali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, alohida ishlash talab etiladigan yoshlar bilan salmoqli natijalarga erishildi.  

[gallery-25334]

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.  

Shu kuni Yoshlar harbiy xizmatchilar uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  Harbiy orkestr jamoasi vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlari bilan, Faxriy qorovul shaxsiy tarkibi esa jangovar chiqishlari bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shundan so‘ng yoshlar yurt posbonlarining zamonaviy qurol-yarog‘lari bilan ham tanishdi.

Bunday tadbirlar Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA