Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qismda milliy qadriyatlar tarannum etildi
09:37 / 2024-07-23

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining Kakaydi garnizonidagi harbiy qismda “Milliy qadriyatlar va urf-odatlarni bilish hamda hurmat qilish sharafli burch” shiori ostida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan bellashuvda mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelib, Kakaydi garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.  

Vatan posbonlari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda har bir oila o‘zlariga ajratilgan joylarda tug‘ilib o‘sgan viloyatlarining milliy qadriyatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni bezab, sahna chiqishlarini namoyish etdi. Harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan dasturxon bezab, o‘z viloyatidagi milliy taomlarni tayyorlash sirlarini ko‘rsatdi. Ularning mahoratini malakali hakamlar hay’ati munosib baholab bordi.  

Tanlovda Surxondaryo viloyatilik III darajali serjant Jamshid Turdiyev birinchi o‘rinni egalladi. Andijon viloyatidan kichik serjant Jasur Tojiahmedov ikkinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kamolga yetgan kichik serjant Alisher Qutlimurodov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

[gallery-18372]

Ko‘rik-tanlov el suygan san’atkorlarning qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri