Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qismda davra suhbati o‘tkazildi
15:05 / 2025-10-13

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi harbiy qismda “Harbiy xizmatchilarning oilaviy mustahkamligini ta’minlash” hamda “Bizning bo‘linmamiz — korrupsiyadan yiroqda” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent harbiy sudi raisi Jamshid Rahmonov, harbiy qism qo‘mondonligi vakillari, Guliston harbiy prokurori hamda xizmatchilar ishtirok etishdi.  

Uchrashuvda xizmatchilarga qonun ustuvorligini ta’minlash, xizmat intizomini kuchaytirish, oilaviy totuvlik va mas’uliyat hissini oshirish borasida muhim tavsiyalar berildi. Toshkent harbiy sudi raisi Jamshid Rahmonov korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir xizmatchining shaxsiy mas’uliyati katta ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

– Harbiy tizimda poklik, halollik va qonunga hurmat hissini mustahkamlash nafaqat tashkilot, balki butun jamiyat xavfsizligi uchun muhimdir, – dedi u o‘z nutqida.

Suhbat yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy va oilaviy masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan atroflicha javoblar olishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri