FOTOREPORTAJ
Sirdaryo tumanida joylashgan harbiy qismda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘quvchi-yoshlarda harbiylikka bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Harbiy qismda bir kun” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” loyihasi bilan boshlangan tadbirda Guliston shahar harbiy prokuraturasi, “Vatanparvar” tashkiloti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tumani bo‘limi vakillari, nuroniylar, harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Yoshlar harbiy qism kun tartibi, harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qurol-aslahalar, harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘quvchilar ishtirokida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etilib, g‘oliblarga harbiy prokuratura tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-15430]
Tadbir yakunida namoyish etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA