Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qism yoshlar yetakchilari tajriba almashishdi
17:23 / 2025-08-25

Jizzax viloyati Yoshlar innovatsion markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax va Sirdaryo viloyat Kengashlari tashabbusi bilan harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari uchun o‘quv-yig‘in o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘quv-yig‘inda Jizzax viloyat Kengashi raisi Abdurahmon Rabbimov ma’ruza qilib, boshlang‘ich tashkilotlarning maqsad va vazifalari, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rniga to‘xtaldi. Shuningdek, 2025 yilning sakkiz oyi davomida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar harbiy xizmatchilar hamda kuch tuzilmalari xodimlari uchun rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur o‘quv-yig‘in O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Unda yoshlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan tanishtirildi, intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirish hamda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

— Bunday o‘quv-yig‘inlar biz uchun katta tajriba bo‘lmoqda. Jizzaxlik hamkasblarimizning ish usullari va yangi tashabbuslari bilan tanishdik. Ayniqsa, harbiy qismlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amaliy takliflarni almashdik. Bu hamkorlik kelgusi ishlarimizda ham  samarali yordam berishiga ishonaman, — dedi kapitan Furqat Azimov.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri