Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy qism: sharafli yo‘l va faxrli xizmat
08:21 / 2025-09-26

Sharqiy harbiy okrug Namangan garnizonidagi harbiy qism tashkil topganiga yigirma besh yil to‘ldi. Chorak asrlik tarix bu shunchaki vaqt emas, balki Vatan himoyasiga bag‘ishlangan fidokorona xizmat, jasorat va sadoqatning yorqin ramzidir.

Shu munosabat bilan harbiy qismda o‘tkazilgan tantanali tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari hamda Namangan viloyati hokimligi mutasaddilari, faxriylar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov tabrik so‘zida mazkur harbiy qismning yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni, avlodlarga namunali maktab bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidladi.

Tantanada bir guruh yurt posbonlariga navbatdagi harbiy unvonlar, davlat mukofotlari, esdalik nishonlari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

Bayram doirasida qator yangiliklar ham taqdim etildi, jumladan, qism balansiga zamonaviy avtomobillar topshirildi, harbiylar salomatligini mustahkamlash uchun “Street-vorkaut” mashg‘ulot maydonchasi va mobil tirning ochilish marosimi bo‘ldi. Shuningdek, kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Tantanali tadbir davomida harbiy xizmatchilar ishtirokida qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi, harbiy orkestr va san’atkorlarning jo‘shqin kuy-qo‘shiqlari esa bayramga yanada fayz bag‘ishladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.