Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy oilalarni qo‘llab-quvvatlash: zamonaviy yondashuv va sharqona motivlar
14:55 / 2025-06-18

Harbiy xizmatchilar va ularning oila-a’zolarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada samarali tizim yaratish maqsadida harbiy oilalar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar, samarali indikatorlar va milliy qadriyatlarga tayangan sharqona motivlar asosida ish olib borish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Shu bois soha mutaxassislari ishtirokida “Harbiy oilalar bilan ishlashning o‘ziga xos modullari, indikatorlari va sharqona motivlari” mavzusida maxsus o‘quv yig‘ini tashkil etildi.  

Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilgan tadbirda olima, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova, Milliy gvardiya Markaziy devoni mas’ullari shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha mas’ul ofitserlar ishtirok etdi.

— Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan o‘quv ishlari faqat nazariy emas, balki amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lsa, u holda bu tashabbuslar nafaqat harbiy oilalarga, balki jamiyatning barqarorligiga ham katta hissa qo‘shadi, – deydi professor J.Shermuhammedova. — Oilaga nisbatan ehtirom, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va sabr-qanoat kabi qadriyatlar harbiy oilalar bilan ishlashda markaziy o‘rinni egallashi kerak. Bu nafaqat an’analarni saqlash, balki mustahkam ma’naviy tayanch yaratishga xizmat qiladi.  

Tadbirda oilalar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar,  oilaviy huquqiy munosabatlar va ularni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari kabi mavzular bo‘yicha tinglovchilarning malakalari oshirildi.

Yakunda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan ofitserlar uchun Milliy gvardiya Markaziy devonida tashkil etilgan muzeyga va Toshkent shahridagi diqqatga sazovor joylarga ekskursiya uyushtirildi.

N.Rahmonova, O‘zA