Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy libos kiygan yoshlar Vatanga daxldorlik hissini tuydi
17:13 / 2023-01-27

FOTOREPORTAJ

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda “Armiya-vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini boshlandi.

Joriy yilning 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida davlatimiz rahbari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda respublikamizning har bir hududida “Jizzax tajribasi” asosida o‘quv yig‘inlarini o‘tkazishni ta’kidlangan edi.

Ushbu loyihaga harbiy-ma’muriy sektor, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar hamkorligida viloyatining turli hududlarida muqim ish joyiga ega bo‘lmagan hamda ichki ishlar nazoratida bo‘lgan 100 nafar yigit shakllantirildi.

Yig‘inning ochilish marosimida viloyat hokimligi, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, harbiy-ma’muriy sektor, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

[gallery-10400]

Tadbirda so‘z olganlar ushbu loyiha vatanparvar, keng dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlaydigan, mustahkam irodali, mard va jasur yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng madaniy dasturlar, sportchilar va harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Shu kuni ishtirokchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga harbiy liboslar berildi. “Yosh havaskor tadbirkorlar”, “Yosh IT dasturchilar”, “Yosh agronomlar” va “Yosh duradgorlar” guruhlariga ajratilgan yig‘in ishtirokchilari birinchi kundan kundalik jadval asosida yashashni boshladi.

Dasturda jangovar tayyorgarlik, madaniy-ma’rifiy, huquqiy, ommaviy sport va boshqa turli tadbirlar ko‘zda tutilgan. O‘n kun davomida yig‘in ishtirokchilari mashq maydonlarida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari, biznes, huquqiy, ma’rifiy mavzulardagi o‘quv-seminarlarda qatnashadi. Sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar o‘tkaziladi.

Loyihaning asosiy maqsadidan kelib chiqib, jismoniy va axloqiy-ruhiy jihatdan yaxshi va a’lo ko‘rsatkichlar qayd etgan yoshlar bir oylik xizmatni o‘tab bo‘lgach, shartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qilinishi, shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun safarbar etilishi rejalashtirilgan.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA