Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy ko‘mak, gazetaga raddiya...
13:28 / 2023-01-27

Rossiya-Ukraina

Bahorgacha AQSH Ukrainaga “Abrams” tanklarini yetkazib berishga ulgurmaydi. Bu fikrni Qo‘shma Shtatlar davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland bildirdi.

“Og‘ir, zirhli tanklarni jo‘natish ancha vaqt talab etadi”, dedi u. 
Mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya hukumatining “Leopard-2” tanklarini Ukrainaga yetkazib berish qarorini tarixiy atab, “buning uchun xursand bo‘lish sababini ko‘rmayapman”, dedi. Vazir bayonotidan bu iqtibosni “Die Welt” telekanali keltirdi.

“Nemislarning Kiyevga tanklar jo‘natish qarori “to‘g‘ri va zaruriy”, deya qo‘shimcha qildi u.

Germaniya aholisining 63 foizi Ukraina Qurolli kuchlariga qiruvchi samolyotlar yetkazib berilishiga qarshi ekanini bildirdi. Bu haqdagi ijtimoiy so‘rov natijasini “Der Spiegel” e’lon qildi. Kiyevga jangovar mashinalar jo‘natilishini 18 foiz ishtirokchi qo‘llagan.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonnaning ma’lum qilishicha, hukumat Ukrainaga “Leclerc” tanklarini yuborish bo‘yicha hali qaror qabul qilmagan.
“Parij mudofaa masalasida Kiyev bilan muntazam aloqada”, deb qo‘shimcha qildi vazir.

Fransiya Ukraina AESdagi missiyasi faoliyati uchun MAGATEga yordam tariqasida uch million yevro ajratadi, dedi Kolonna. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat “Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va gumanitar yordam berishni davom ettiradi”.

Slovakiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari Martin Koval-Kakashchikov “Ukraina Slovakiyadan 14 ta “Zuzana-2” o‘zi yurar gaubitsalar olishga qiziqish bildirganini” aytdi.

Oq uy matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “G7” guruhi, Kiyev hukumati va xalqaro moliya institutlari vakillari Ukrainaga iqtisodiy ko‘mak masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Ispaniya hukumati Saragosa bazasida o‘n yildan beri foydalanilmayotgan “Leopard 2A4” tanklarini Kiyevga yetkazib berishni mo‘ljallayapti. Bu haqda Qirollik mudofaa vaziri Margarita Robles ma’lum qildi.

Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto “Corriere della Sera” gazetasida bosilgan uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlarni Ukrainaga jo‘natish rejasi haqidagi maqolaga raddiya bildirdi.

“Gazeta bu ma’lumotni qayerdan oldi, nega hukumatning bundan xabari yo‘q?”, deya gazetaga murojaat qildi vazir.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina ziddiyati faqat muzokara yo‘li bilan hal etilishini yana bir bor ta’kidladi.

“Buning uchun, avvalo, o‘q otishni to‘xtatish kerak, qolaversa, muammoni bartaraf qilish uchun bir necha oy, balki yillar kerak bo‘lar”, dedi u.

Abror XON,

O‘zA