French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy garnizonlarda bayramoldi savdo yarmarkalari ish boshladi
09:39 / 2022-08-29

Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida Mudofaa vazirligining Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi.

Termiz va Kakaydi garnizonlaridagi harbiy qismlarda yo‘lga qo‘yilgan bayram yarmarkalari rastasidan arzonlashtirilgan sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari, turli salqin ichimliklar, sut, go‘sht, tuxum, un, yog‘, shakar va boshqa turdagi mahsulotlar o‘rin olgan.

– Mamlakatimizda, ayniqsa, keyingi yillarda harbiylar va ularning oila a’zolarini har taraflama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor dunyo hamjamiyatida Milliy armiyamizning obro‘sini yanada oshirishga, yurtimizda osuda, to‘kin turmushni ta’minlashga xizmat qilyapti, – deydi Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Alisher Shirinov. – Vatanimiz posbonlarining “Armiya – 2022” o‘yinlarida erishayotgan yutuqlari ham bunga yaqqol misoldir. Harbiy garnizonlarda savdoga chiqarilayotgan arzonlashtirilgan mahsulotlar tinchligimiz qo‘riqchilari oila a’zolarining bayramni yanada ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashida muhim o‘rin tutadi.

– Mahsulotlar bozordagidan ancha arzon, – deydi guruh komandiri, katta leytenant Doston Saydullayev. – Sifati ham talab darajasida. Bayram dasturxoni uchun zarur barcha oziq-ovqat mahsulotlari mavjud. Mustaqillik shodiyonalari arafasida bunday mahsulotlar savdosining harbiy qismda tashkil etilgani biz uchun katta qulaylik bo‘ldi. Bundan juda mamnunmiz.

Viloyatdagi boshqa garnizonlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari ham osoyishta va farovon hayotimiz himoyachilariga manzur bo‘lmoqda.

 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri