Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy dzyudochilarimiz jahon chempionatining ilk kunida 8 ta medalli bo‘ldi
22:53 / 2024-10-16

Shu kunlarda dunyo dzyudo ixlosmandlarining diqqat-e’tibori Toshkentda harbiy sportchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan 42-jahon chempionatiga qaratilgan.

30 dan ortiq mamlakatdan 400 nafarga yaqin harbiy dzyudochilar ishtirok etayotgan jahon chempionatining ilk kungi bahslarida harbiy dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 8 ta medalni qo‘lga kiritganligi musobaqaga tayyorgarlikka alohida ahamiyat berilganligidan, deyish mumkin.

[gallery-19796]

Yurtimiz dzyudochilaridan o‘z vazn toifalarida Gulhayo Jo‘rayeva (-52 kg) va Shahram Ahadov (-73 kg) harbiylar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi.

Muhammad AMIN(surat),O‘zA