English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy ayollarga ehtirom
17:35 / 2023-06-07

Nukus harbiy gospitalida O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan “Harbiy prokuratura – armiya prokuraturasi” shiori ostida ayol harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rikdan avval Respublika harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya mayori G.Tursunova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Z.Reymova, Nukus harbiy prokurori adliya polkovnigi U.Abdurahimov, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining oilalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Z.Mansurova xotin-qizlarni himoya qilishning ijtimoiy-huquqiy asoslari, ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida o‘z fikr mulohazalarini bayon qildi.  

–“Harbiy prokuratura – armiya prokuraturasi” shiori ostidagi tadbir yurtimizning shimoliy sarhadlaridan boshlangani bejiz emas, – deydi adliya mayori G.Tursunova. – Qurolli kuchlar salohiyatini oshirishda harbiy xizmatchi ayollarning ham juda katta o‘rni bor. Hukumatimiz tomonidan ayollarning ijtimoiy himoyasi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar doirasida ayol harbiy xizmatchilarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson uchun, eng avvalo, sog‘liq muhim ekan, biz Vatan himoyachilarining salomatligiga befarq emasmiz va har qanday masalada hamisha yordamga shaymiz. Shu kuni, harbiy gospitalda faqat tibbiy ko‘rik tashkil etilibgina qolmasdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi xodimlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan harbiy xizmatchi ayollarning murojaatlari ham tinglandi.  

–Harbiy ekanimdan faxrlanaman, – deydi suhbat chog‘ida Gulshat Pirniyazova. – Harbiy xizmatchilar muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bepul davolanamiz. Hukumatimiz harbiy xizmatchi biz kabi ayollarga yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozdan minnatdormiz. Tadbir ishtirokchilari “Sahrodagi Luvr” deb ham yuritiladigan dunyoga mashhur I.Savitskiy nomli Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdilar.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA