Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Harbiy aviatsiyamizning bo‘lg‘usi mutaxassislari
14:59 / 2023-02-28

FOTOREPORTAJ

Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida harbiy havo kuchlari uchun yuksak mahoratli mutaxassislar tayyorlanadi.

Ta’kidlash joiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2018 yil Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi tumanidagi Xonobod harbiy aerodromida ham bo‘lib, harbiy uchuvchilar tayyorlash, ularning amaliy mashg‘ulotlar olib borishida ob’ektning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida Jizzax Оliy harbiy aviatsiya bilim yurtini Qarshi shahrida qayta tashkil etish taklifini bergan edi. Ushbu taklif asosida 2019 yil Qarshi serjantlar tayyorlash maktabi negizida hozirgi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti faoliyat boshladi.

[gallery-10734]

Muassasaning o‘quv va mashg‘ulot binolari zamonaviy trenajyorlar, uskunalar, axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu kursantlarga Xonobod aerodromida harbiy havo kemalarini boshqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish, bevosita o‘quv poligonlarida ishtirok etish imkonini bermoqda.  

120 o‘rinli madaniyat markazi, 400 o‘rinli yotoqxona, oshxona, saf maydoni va sport shaharchasi kursantlar ixtiyorida. Ayni paytda bu yerda 276 nafar kursant ta’lim olmoqda.

 

A’lo ABDULLAEV(surat),O‘zA