Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi
14:26 / 2024-06-06

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan “Ovqatdan zaharlanishning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman 7 iyun – Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni munosabati bilan o‘tkazildi. Bu yilgi mavzu qaysi darajada bo‘lishidan qat’i nazar, oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq hodisalarga tayyor bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.  

Jahondagi barcha mamlakatlar hukumatlari oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirish borasida imkonlari boricha kuch va mablag‘ sarf qilishlariga qaramasdan oziq-ovqat mahsulotlari orqali kelib chiqadigan kasalliklar sog‘liqni saqlashning jiddiy masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.  

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi, 420 ming kishi mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish natijasida vafot etadi. Achinarlisi, ularning 125 ming nafarini 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.  

Joriy yilning birinchi choragida 18 ta ovqatdan zaharlanish holatlari qayd etilgan bo‘lib, bunda 143 nafar fuqaro jabrlangan.  

Ovqatdan zaharlanish holatlarini tahlil qilganda aksariyat qismi uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida kasallanganlar, keyingi o‘rinda esa kimyoviy moddalardan zaharlanganlar va yovvoyi qo‘ziqorin iste’mol etish natijasida zaharlanganlar hamda ovqat toksikoinfeksiyasi qayd etilganlarga to‘g‘ri keladi.                    

Oziq-ovqat xavfsizligi ishlab chiqarishdan tortib, yig‘ib olish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish, tayyorlash hamda iste’mol qilishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichida oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi yoki zararlanishi xavfi mavjud bo‘lib, ularning xavfsizligi uchun har bir ishtirokchi – tadbirkor javobgar.  

Anjuman so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.  

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA