Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har uchinchi ishlaydigan o‘zbekistonlik kamida bitta kreditga ega
13:46 / 2025-07-04

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholining uchdan bir qismi kreditga ega.

Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, 5,18 million kishi banklardan kredit olgan. Ulardan 27 foizida (1,4 mln) ikki va undan ortiq kredit mavjud.

2020 yildan beri uch va undan ortiq kreditga ega qarz oluvchilar ulushi 5 foizdan 11 foizga oshgan.

Regulyatorga ko‘ra, ishlayotgan har uchinchi o‘zbekistonlik — taxminan 5 million kishi — kamida bitta kreditga ega.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA